Yandex Drops quloqchinlarida istalgan vaqtda Alisa AI bilan bogʻlana olasiz — masalan, musiqa tinglash, savollarga javob olish, gʻoyalarni muhokama qilish, vazifalar tashkil qilish yoki qoʻngʻiroq qilish uchun.
Buning uchun Alisa AIʼni chaqiring yoki teginish orqali faollashtiring va nima qilish kerakligini ayting.
Musiqani yoqish
Yandex Music kutubxonasidan treklarni tanlang, almashtiring, pleylistga saqlang va ularni Alisa AI bilan muhokama qiling.
Oʻnlab vazifalar va gʻoyalarni miyangizda saqlamang — shunchaki nima qilish kerakligini Alisa AIʼga aytib bering. U soʻzlarni roʻyxatlar, qaydlar va eslatmalar koʻrinishida tartibga soladi.
Alisa AI shaxsiy gid ham boʻla oladi: u savollarga javob beradi, kerakli joylarni topishga yordam beradi va hatto soʻrovingizga koʻra tegishli tashkilotga telefon ham qiladi.
Maslahatlashing, savollar bering, gʻoya va fikrlarni muhokama qiling. Alisa AI doimo yoningizda — internetdan kerakli maʼlumotni topadi va siz bilan birgalikda fikr yuritadi.