Yandex Drops quloqchinlarida shovqinni bostirishva shaffoflik

 

Yandex Drops quloqchinlarining har birda NPU-protsessor va gibrid shovqinni bostirishni taʼminlaydigan uchta mikrofon mavjud. Ikkita tashqi mikrofon atrofdagi tovushlarni, ichki mikrofon quloqchinlardagi tovushni eshitadi, protsessor esa bu maʼlumotlarni qayta ishlab, begona shovqinlar darajasini pasaytiradi.

Shovqinni bostirish rejimlari

Yandex Drops quloqchinlarida audio tinglayotganda, rejimlar oʻrtasida almashish imkoniyati mavjud — har bir rejimda algoritmlar fon tovushlarini tahlil qiladi va sozlamalarga qarab shovqin darajasini sozlaydi:

Faol

Barcha ortiqcha shovqinlar oʻchiriladi. Shovqinni bostirishning O‘rtacha yoki Kuchli darajasini tanlash mumkin.

Shaffof

Atrofdagi voqealarni eshtishingiz uchun tashqi tovushlar oʻtkaziladi.

Moslashuvchi

Shovqin darajasi atrofdagi vaziyatga qarab avtomatik ravishda sozlanadi.

Shovqinni bostirish nafaqat dinamiklarda, balki telefon soʻzlashuvlari va ishchi video qoʻngʻiroqlar paytida mikrofonlarda ham ishlaydi. Suhbatdoshlaringiz faqat sizning ovozingizni baland, toza va tiniq eshitadi. Hatto sershovqin koʻchada yoki yoʻlda ham.

Ovozli buyruqlar yordamida rejimni almashtirish

Sharh

Yandex Dropsʼda Alisa faqat rus tilidagi buyruqlarni tushunadi.

Buning uchun Alisa AIʼni chaqiring yoki teginish orqali faollashtiring va nima qilish kerakligini ayting. Masalan:

— Включи режим шумоподавления [rejim nomi]

Har safar Alisa AI ismini aytmaslik uchun musiqani boshqarishda tezkor buyruqlardan foydalaning:

— Включи шумоподавление

— Выключи шумоподавление

Ilovada rejimni almashtirish

  1. Алиса AI ilovasida Roʻyxat belgisiDrops tugmasini bosing.

  2. Shovqinni boshqarish tugmasini bosing.

  3. Rejimda Faol: Shovqinni bostirish darajasi belgisini bosing vaO‘rtacha yoki Kuchli bandini tanlang.

Rejimni ishoralar bilan almashtirish

Shovqinni bostirish funksiyasini yoqish/oʻchirish uchun oʻng quloqchindagi sensorli tugmani ovozli signal eshitilguncha bosib turing.

Ishorani qanday oʻzgartirishni bilish uchun Teginish yordamida boshqarish maqolasi bilan tanishing.

Sharh

  • Quloqchinlarni gʻilofdan olganingizda, oxirgi tanlangan shovqinni bostirish rejimi saqlanib qoladi.

  • Bitta quloqchinni quloqdan chiqarsangiz, u avtomatik ravishda Shaffof holatiga oʻtadi va quloqchinni qayta taqqaningizda avvalgi sozlamaga qaytadi.

Savollar

Shamolli ob-havoda quloqchinlar orqali tashqarida musiqa tinglayotganingizda, shamol qoʻshimcha shovqin hosil qilib, tinglashga xalaqit beradi. Wind Detector funksiyasi bunday sharoitlarni avtomatik tarzda aniqlab, shovqinni bostirish darajasini pasaytiradi (ANC).

Bundan tashqari, shovqinni bostirish tizimi metroda, avtobusda, tez yordam mashinasi sirenasi yonida va boshqa baland tovush manbalari yaqinida sustroq ishlashi mumkin.

Tizim shovqinni bostirishni oʻchirmaydi va tanlangan rejimni mustaqil ravishda oʻzgartirmaydi. Quloqchinlar kuchli tovush taʼsiriga uchrasa, u faqat shovqin darajasini vaqtincha pasaytiradi.

Batafsil

Alisa AIʼni chaqirish uchun chap quloqchindagi sensorli tugmani ovozli signal eshitilgunicha bosib turing.

Ishorani qanday oʻzgartirishni bilish uchun Teginish yordamida boshqarish maqolasi bilan tanishing.